«Atletiko» rasmiy shikoyatni Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga va FIFA ga yubordi. Bu haqda COPE xabar bermoqda. Madrid klubi «Barselona»dan Xulian Alvares bilan «Atletiko»ning roziligisiz muzokara olib borilganligi uchun jazolanishini talab qilmoqda.
Ma'lumki, FIFA qoidalari klublarga futbolchiga uning klubining ruxsatisiz aloqaga chiqishni taqiqlaydi. Ushbu qoidadan istisno, futbolchining shartnomasi yaqin orada tugash holatidir.
«Atletiko» tegishli organlar tekshiruv o‘tkazishini va «Barselona»ga jazo choralarini qo‘llashini umid qilmoqda.
Avvalroq, Xulian Alvares «Atletiko»dan ketish istagini ochiq aytgan edi.




