Markaziy himoyachi «Barselona» Pao Kubarisi jamoaga qanot o‘yinchisi Entoni Gordonning o‘tishi haqida fikr bildirdi.
«Gordonning «Barsaga» o‘tishini yoqtiraman. Biz u bilan Chempionlar ligasida o‘ynaganmiz. Gordon — juda energiyaga to‘la o‘yinchi, u ko‘p yuguradi va jamoasi uchun o‘zini qurbon qiladi. Bu juda muhim», — deydi Kubarisi Barça Universalga.
Ma’lum qilinishicha, «Barselona» Gordonni «Nyukasl»dan joriy yozgi transfer davrida sotib oldi. O‘tgan mavsumda 25 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 46 o‘yinda maydonga tushib, 17 gol urdi va beshta golli uzatma berdi.
Gordonning xaridi kataloniyalik klubga 80 million evroga tushdi.




