Ispan matbuoti Joze Mourinyo boshqaruvidagi yangi Madrid «Real»i qanday bo'lishi haqida ma'lumotlar tarqatishda davom etmoqda.
Klubda Kilyan Mbappeni loyihaning mutlaqo kalitli figuri deb hisoblashmoqda, deb xabar beradi Diario AS. Shuningdek, manbaning ma'lumotlariga ko'ra, yangi murabbiy o'yinni aynan shu yulduz fransuz atrofida qurmoqchi: ehtimol, hujumchi ko'proq chuqurroq harakatlanishi mumkin – uning roli klassik «to'qqiz» funksiyalari bilan cheklanmaydi va jamoa a'zolaridan uning harakatlariga moslashish talab etiladi.
O'tgan mavsumda Kilyan Mbappe «Real» safida barcha musobaqalarda 44 o'yinda 42 gol urdi, shuningdek, uning hisobida yetti golli uzatma mavjud.




