«Barselona»ning yulduz o‘yinchisi Pedri Xulian Alvaresning transferiga umid bildirdi. Argentinlik o‘yinchi «Kamp Nou»ga ko‘chishni xohlaydi, ammo «Atletiko» o‘zining yetakchilaridan birini sotishga tayyor emas.
26 yoshli Xulian Alvares ekspertlar tomonidan Transfermarkt portalida 100 million evroga baholangan. Aslida esa, Alvaresning transferi ancha qimmatroq bo‘lishi aniq. Hozirda Xulian Argentina terma jamoasi safida.




