«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares «Barselona»ga o‘tishni qat’iy talab qilmoqda.

Mundo Deportivo ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik futbolchining Kataloniyaning ushbu klubida karerasini davom ettirishiga to‘rt sabab bor.

- Alvares yana trofeylar yutishni xohlaydi.

- Hujumchi Diego Simeonenning mudofaa o‘yin uslubidan asta-sekin norozilik bildirmoqda.

- Forvard hujumkor futbol o‘ynashni xohlaydi, chunki u ko‘proq gol urishi mumkinligiga ishonadi.

- Shuningdek, Xulian dunyoning eng yaxshi futbolchilari, jumladan, Pedri, Frenki de Yong, Fermin Lopes, Dani Olmo, Rafinya va Lamin Yamal bilan o‘ynashni xohlaydi.

Shu sabablar tufayli Alvares uchun «Barselona»ga o‘tish yagona ustuvorlik va orzu hisoblanadi.