Argentinalik hujumchi va «Inter Mayami» futbolchisi Lionel Messi tug'ilgan kunini nishonladi. 24 iyun kuni sakkiz marta «Oltin to'p» sohibi 39 yoshga to'ldi. O'yinchini, albatta, hozirgi klubi, shuningdek, ikki sobiq klubi – «Barselona» va «PSJ» tabrikladi. Messi «Inter Mayami» va «Barselona»ga javob berib, «katta rahmat» dedi, ammo parijliklar javobni kutib qolishdi – forvard hali bu e'longa hech qanday munosabat bildirmadi.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi karerasining katta qismini «Barselona»da o'tkazdi va 2021 yilda klubdan ketdi. «PSJ»da u keyingi ikki yil davomida o'ynadi, so'ngra «Inter Mayami»ga qo'shildi.