Xulian Alvaresning kelajagi – transfer yangiliklari dunyosidagi asosiy mavzulardan biri. Aniqki, argentinalik futbolchi «Atletiko»dan «Barselona»ga o‘tmoqchi – yaqinda Xulian o‘z orzusi uchun klubni o‘zgartirish istagini ochiq aytdi. «Matrasniklar» esa eng muhim yulduzlaridan birini yo‘qotishni xohlamaydi. Ayniqsa, «matrasniklar» La Ligadagi asosiy jamoalarni kuchaytirishni istamaydi.
The Touchline nashrining COPEga tayanib xabar berishicha, «Atletiko» Alvaresni «Barselona» yoki «Real»ga sotishni rejalashtirmagan.
Avvalroq matbuotda Madrid klubi 26 yoshli Alvaresni «Arsenal»ga sotishni afzal ko‘rishi haqida ma'lumotlar tarqatilgan edi.
«Atletiko» avvalroq «Barselona»da Alvaresni sotib olish uchun faqat bitta imkoniyat borligini – 500 million evro to‘lashlari kerakligini aytgan. Albatta, bunday pulni kataloniyaliklar futbolchi uchun to‘lamaydi.




