Lissabonning «Sporting» klubi «Betis» yarim himoyachisi Serxi Altimira transferi bo'yicha muzokaralarning oxirgi bosqichida turibdi.
Insayder Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik klub shartnomani tezlashtirishga harakat qilmoqda, maqsadi «RB Leypsig»dan o'zib ketish.
Ma'lum qilinishicha, «Betis» bilan muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan, futbolchi esa 21 karra Portugaliya chempioni jamoasiga o'tishga rozilik bergan.
24 yoshli ispanyol o‘tgan mavsumda klub darajasida 40 ta o‘yinda qatnashdi. U 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Altimiraning narxini 20 million yevro deb baholamoqda.




