Madriddagi «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares o'zining karerasini qayerda davom ettirishini aniq belgilab oldi.

Argentinalik futbolchi faqat «Barselona»ga o'tishni xohlaydi – boshqa klublardan kelgan takliflarni ko'rib chiqishni rejalashtirmayapti, deb xabar beradi jurnalist Xose Alvares. 26 yoshli futbolchi «sine-granatoviylar» safida o'ynashni orzu qilmoqda. «Barselona» esa, o'z navbatida, «matraschilar» o'z so'zida turishiga va futbolchini uning ochiq so'rovidan so'ng qo'yib yuborishiga ishonmoqda.

Eslatib o'tamiz, Argentina va Avstriya o'rtasidagi 2026 yilgi Jahon chempionati o'yinidan so'ng Xulian Alvares bu yozda «Atletiko»ni tark etishga qaror qilganini ma'lum qilgandi. Transfermarkt portalida hujumchining narxi 100 million evroga baholangan.