Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Belingem Madridning «Real» klubidagi o'zgarishlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Oq» jamoaning yangi bosh murabbiyi Jose Mourinyo bo'ldi, shuningdek, klub Denzel Dyumfris, Ibraim Konate, Bernardu Silva va Mark Kukurelyu bilan shartnoma imzoladi.
«Mourinyo? Ajoyib, ajoyib. Ajoyib murabbiy. Uning kelishidan juda xursandman».
«Biz ajoyib transferlar amalga oshirdik, haqiqatan ham sifatli va tajribali yangi o'yinchilarni qo'shdik. Jahon chempionatidan so'ng ular bilan ishlashni intiqlik bilan kutyapman», – deydi Belingem Madrid Xtra nashriga bergan intervyusida.
Angliya terma jamoasi Jahon chempionatining guruh bosqichidagi ikkinchi turida Gana bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. «Real» yarim himoyachisi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.




