Xulian Alvaresning kelajagi transfer olamidagi eng muhim mavzulardan biri bo'lib qolmoqda. Argentina terma jamoasi Avstriyaga qarshi o'yindan so'ng, hujumchi o'z orzusini amalga oshirish uchun «Atletiko»ni tark etish niyatida ekanligini bildirdi. «Matrasniklar» esa bu haqda ommaviy axborot vositalari orqali bayonot berishdi: klub «Barselona» Alvaresni faqat 500 million evro miqdorida tovon puli to'lagan taqdirda sotib olishi mumkinligini ta'kidladi.
La Vanguardia sahifalarida Alvaresning holati haqida maqola chop etildi. Ushbu materialda, may oyining oxirida «Barselona» o'yinchining agenti bilan besh yillik shartnoma shartlarini muhokama qilgani haqida ma'lumot berilgan. Biroq, kataloniyaliklarning 100 million evro atrofidagi keyingi taklifi «Atletiko» tomonidan e'tiborsiz qoldirildi.
Umuman olganda, vaziyat murakkab. «Atletiko» FIFAga murojaat qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, chunki «Barselona» o'yinchi bilan uning klubidan ruxsat olmasdan muzokara olib borgan.




