18 yoshli Misr hujumchisi Hamza Abdelkarim «Al-Ahli»dan «Barselona»ga doimiy asosda o'tdi. Buni «ko'k-qizil»larning matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, «Barselona» Abdelkarimning Qohiradagi «Al-Ahli» bilan tuzgan shartnomasidagi to'lov punktini faollashtirgan. Misr terma jamoasi futbolchisi Kataloniya klubiga 2029 yilning iyunigacha shartnoma imzoladi. Mish-mishlarga ko'ra, transfer summasi bir yarim million evroni tashkil etgan.

«Barselona» Abdelkarimni qishki transfer oynasida ijaraga olgan. Fevral oyidan beri hujumchi yoshlar jamoasi uchun o'ynaydi. U chempionatdagi to'qqizta o'yinda olti gol urdi.