Fransuz yarimhimoyachisi Orelyen Tchuameni Madridning «Real» klubini yozgi transfer oynasida tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluidji Longari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Tchuameni o'zi «Real»da qolishni xohlaydi, ammo klub uning transferini istisno qilmaydi. Shuningdek, futbolchiga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsumda 26 yoshli fransuz barcha musobaqalarda 49 uchrashuvda maydonga tushib, ikki gol urdi va ikki golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Tchuamenining narxi 70 million evrodir.
«Manchester Yunayted» ikki yulduzga qiziqmoqda, lekin muammo bor




