Madritning «Real» klubining sobiq o'yinchisi, uelslik hujumchi Garet Beyl o'zining sobiq klubida mag'lubiyatlarni qanday qabul qilishlarini aytib berdi. Uning so'zlariga ko'ra, «Real»da har bir mag'lubiyat fojia bilan teng edi.
«Agar «Real»da mag'lub bo'lsang, bu go'yoki dunyoning oxiri. Ammo AQShda o'ynaganimda, u yerda munosabat butunlay boshqacha edi. Mag'lub bo'ldik - yaxshi, mag'lub bo'ldik. Matbuot buni fojia qilib ko'tarmasdi. Menga esa bunday muhit ancha yoqardi», - deydi Beyl derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida.
Esda tuting, Garet Beyl 2023 yilda professional futbolni tark etdi. U «Real»dan oldin Londondagi «Tottenxem» klubida ham o'ynagan.




