Hujumchi «Atletiko» Xulian Alvares kelajagi haqida muhim ma'lumot berdi. Argentinlik futbolchi yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirish istagini bildirdi.
Oldinroq matbuotda Xulian Alvaresning jamoasini tark etish istagini ochiq aytishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi, bu esa «Atletiko»ga bosim o'tkazish maqsadida amalga oshirilishi mumkin. Madrid klubi futbolchini «Barselona»ga sotishni xohlamaydi.
26 yoshli Xulian Alvares mutaxassislar tomonidan Transfermarkt portalida 100 million evro deb baholanmoqda.




