«Barselona» darvozaboni Inyaki Penya yunonistonning «Panatinaikos» klubida o'z karerasini davom ettiradi. Bu haqda MARCA xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar kelishuvni to'liq tasdiqladi. Penyaning xaridi «Panatinaikos»ga uch million evroga tushadi. Darvozabon klub bilan uch yil davomida ishlash shartnomasini imzolaydi, yana bir mavsum uzaytirish imkoniyati bilan. Hujjatlar bugun ertalab yoki ertaga kechqurun imzolanadi deb kutilyapti.
Penya — «Barselona»ning tarbiyalanuvchisi. 27 yoshli ispaniyalik o'tgan mavsumni «Elche»da ijarada o'tkazdi, u Ispaniya chempionatida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 28 gol o'tkazib yubordi.
Transfermarkt portalining mutaxassislari darvozabonning narxini to'rt million evroga baholamoqda.




