Fransuz «PSJ» Ispaniyaning «Atletiko» Madridga 25 yoshli yarim himoyachi Li Kan-Ini sotish bo'yicha kelishuvga kelishi mumkin.
ParisTeam ma'lumotlariga ko'ra, parijliklar «Atletiko»ning 30 million evro va bonuslar taklifini qabul qilishlari mumkin. Avvalroq «PSJ» 35 milliondan ko'proq olishni xohlayotgani haqida xabar berilgan edi, ammo «matraschilar» faqat 25 million taklif qilmoqda.
O'tgan mavsumda Kan-In barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda ishtirok etdi, to'rt gol urdi va beshta golli uzatma berdi.
Janubiy koreyalik futbolchining «Pari Sen-Jermen» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyunigacha davom etadi.




