27 yoshli darvozabon In'yaki Penya yozgi transfer oynasida «Barselona»ni tark etadi. Bu haqda jurnalist Rodjer Torello xabar bermoqda.
Agar manba ishonchli bo'lsa, Ispaniyalik darvozabon «Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning rejalariga kirmaydi va jamoa bilan yozgi yig'inlarga bormaydi. Rahbariyat o'yinchiga yangi klub topishda yordam berishga tayyor va ehtimol, uni bepul qo'yib yuboradi, lekin kelishuvga keyingi sotuvdan foizni kiritadi.
La Liga klublarining qiziqishiga qaramay, Penya o'zi boshqa evropalik chempionatga borishni afzal ko'radi.
Penya — «Barselona» tarbiyalanuvchisi. U asosiy jamoada 45 o'yin o'tkazib, 64 gol o'z darvozasidan o'tkazgan va o'n marta darvozasi daxlsiz qolgan.
O'tgan mavsum Penya «Elche»da ijarada o'tkazdi. Darvozabonning «Barselona» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.




