12-tur Ispaniya chempionatining markaziy o'yinida Madridning «Atletiko»si kataloniyaning «Barselona»siga qarshi o'ynaydi. Ushbu o'yin haqida sobiq Rossiya terma jamoasi futbolchisi Aleksandr Mastovoy fikr bildirdi.
«Mening uchun favorit «Barselona» bo'lib qolmoqda. Madridliklar gol urishi mumkin, lekin kataloniyaliklar ko'proq vaziyatlar yaratishi, imkoniyatlardan foydalanishi va g'alaba qozonishi kerak. Mening hisobim - 1:2», - deydi mutaxassis «Stavka TV» sahifalarida.
«Atletiko» - «Barselona» o'yini Madriddagi stadionda bo'lib o'tadi va Moskva vaqti bilan 23:00 da boshlanadi. O'yin oldidan mezbonlar turnir jadvalida uchinchi o'rinda, mehmonlar esa birinchi o'rinda turibdi.
