«Atletiko»ning bosh murabbiyi Diego Simeone hozirgi «Barselona»ni Xosep Gvardiola jamoasi bilan solishtirish mumkinmi degan savolga javob berdi.
- Men solishtirishni rejalashtirmayapman. Hozirgi vazifam - jamoani ertangi o‘yinga tayyorlash va buni iloji boricha yaxshi qilish, - dedi Simeone matbuot anjumanida.
«Atletiko» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, 8-noyabrda, Ispaniya chempionatining 12-turida bo‘lib o‘tadi. Kataloniyaliklar turnir jadvalida 30 ochko bilan birinchi o‘rinda, madridliklar esa 28 ochko bilan ikkinchi o‘rinda turibdi. O‘yin «Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tadi va Moskva vaqti bilan 23:00da boshlanadi.
