«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes La Liga doirasida «Atletiko»ga qarshi bo'ladigan o'yin haqida fikr bildirdi. O'tgan mavsumda «matrasniklar» katalonlarni Ispaniya Kubogidan va Chempionlar Ligasidan chiqarib yuborgan edi.

«Biz o'zimizni qandaydir tarzda maxsus tayyorlayapmiz deb aytolmayman. Aslida, bu oddiy bir o'yin. Lekin uning ahamiyatini tushunamiz: o'tgan mavsumda ular bizni ikki marta turnirdan chiqarib yuborishdi. «Atletiko» kuchli jamoa ekanligini bilamiz. Ular bilan o'ynash juda qiyin bo'ladi – barcha jihatlarni nazorat qilish va o'z uslubimizga rioya qilishimiz kerak. Biz uchun jadvalda birinchi o'rinda qolish muhim. 

Har bir jamoaning o'z uslubi bor, jumladan «Atletiko»ning ham. Ular o'tgan mavsumda bizning uslubimizni bir qadar o'zlashtirib oldilar, bu esa bizga ko'p muammolar keltirdi», - dedi Lopes Mundo Deportivoga bergan intervyusida.

«Lopes»ning to'liq intervyusi shanba kuni, «Atletiko» va «Barselona» o'rtasidagi o'yindan bir kun oldin e'lon qilinadi.