Madriddagi Real murabbiyi Jozef Mourinyo braziliyalik qanot o'yinchisi Viniyisius Junyor bilan ishlash usullari haqida ma'lumot berdi.

«U bilan qanday muomala qilish kerak: qat'iy yoki yumshoq? Agar buni foizlarga o'tkazsak, shunday nisbat paydo bo'ladi: 80% - yumshoq yondashuv, 20% - qat'iy», - dedi portugaliyalik mutaxassis «qirollik» klubining matbuot xizmati orqali.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi 12 uchrashuvda atigi bir marta gol urdi.

Madriddagi buyuk klub oxirgi o'yinini Gretsiyaning AEK jamoasiga qarshi UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining to'rtinchi turida o'tkazdi. Mourinyo shogirdlari qiyin kechgan o'yinda 3:2 hisobida g'alaba qozondilar.