«Barselona» rasmiy ravishda Rafinyo Dias bilan shartnomani 2030 yil 30 iyungacha uzaytiradi.
Tantanali yangi shartnoma imzolash marosimi 5-noyabr, payshanba kuni klub prezidenti Joan Laportaning kabinetida bo'lib o'tadi. Bu haqda Kataloniya klubining rasmiy saytida ma'lum qilindi. Shundan so'ng futbolchi ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatlashadi.
Braziliyalik futbolchi «Barselona»da 2022 yil yozidan beri o'ynaydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda Ispaniya chempionatida forvard 10 ta o'yinda qatnashib, 15 ta gol urdi va uchta assist berdi.
