Markaziy himoyachi «Eshtoril»dan Jordan Arnoldin «Barselona»ning kuzatuv ro'yxatida. Bu haqida portugaliyalik nashr Record xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» 18 yoshli futbolchining o'yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda. «Ko'k-qizil» scoutlari «Eshtoril»ning «Portu»ga qarshi (0:4) bo'lib o'tgan o'yinini ham tomosha qilishdi.
Shuningdek, Arnoldin xizmatlariga ingliz «Brayton» va fransuz «Lill» jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Biroq, hozircha hech bir klub «Eshtoril»ga rasmiy taklif yubormagan.
Hozirgi mavsumda Arnoldin barcha turnirlar bo'yicha oltita uchrashuvda ishtirok etdi va ikki sariq kartochka oldi. Himoyachining bozor narxi, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 300 ming evroni tashkil etadi.
