Madriddagi Realning bosh murabbiyi Jozef Mourinyo «Rasing»ga qarshi (3:0) olingan g'alabadan so'ng matbuot bilan muloqot qildi. O'yin Ispaniya chempionatining o'n birinchi turida bo'lib o'tdi.
Mourinyo o'zining o'yin tamoyillari jamoa tomonidan o'zlashtirilganmi degan savolga javob berar ekan, quyidagi fikrlarni bildirdi:
«Hali 100% emas, lekin biz rivojlanmoqdamiz. To'rt oydan kam vaqt - bu kichik muddat, biz asta-sekin taraqqiy etmoqdamiz. Men o'zim birinchi kunda tushunmagan narsalarni tushuna boshladim, o'yinchilar esa mening xarakterimni yaxshiroq bilib olishmoqda. Ular muhokama qilinmaydigan talablarni tushunishadi. O'yinchilar va murabbiy o'rtasida yaxshi insoniy o'zaro tushunish mavjud, mening g'oyalarim ularning qobiliyatlari bilan uyg'unlashmoqda. Hamma narsa yaxshi. Lekin ikki qiyin o'yin bilan o'tadigan haftani qanday o'tishini ko'raylik».
Real 27 ochko to'plab, turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallamoqda.
