«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jarohatlar bilan bog'liq vaziyat haqida ma'lumot berdi.

Himoyadagi muammolar nemis murabbiyini tajriba o'tkazishga majbur qildi: shanba kuni «Alaves»ga qarshi o'yinda markaziy himoyaga Frenki de Yong joylashdi, o'ng qanotda esa debyutant Brayan Farinyas o'ynadi – u ham aslida yarim himoyachi. Uchrashuv Kataloniyaning ulkan g'alabasi bilan – 6:1 hisobida yakunlandi.

«O'ylaymanki, Kristensen tez orada umumiy guruhda mashg'ulotlarga qaytadi. Biz qolganlarning qaytishini kutyapmiz», – deydi Flikning so'zlarini Barca Universal xabar qilmoqda.

Andreas Kristensen 19 sentyabrdan beri jarohati sababli o'ynamayapti. Avvalroq, daniyalik futbolchi 8 noyabrda bo'lib o'tadigan «Atletiko»ga qarshi o'yin uchun tiklanishi kutilayotgan edi.