Atletik va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unai Simon Bask klubini tark etmoqchi emasligini ma'lum qildi.

- Men hech qayoqqa ketmoqchi emasman. Agar kimdir 150 million taklif qilsa ham, men qolaman. Ketishni xohlamayman. Agar kelasi mavsumda Atletik menga ishonmayman desa, men xayolimda og'riq bilan xayrlashaman. Lekin hozirda klub meni xohlayotgan bo'lsa, men qolaman, - deydi Simon Marca nashriga bergan intervyusida.

Simon 2018 yildan buyon klubda o'ynaydi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha davom etadi va darvozabonning bozor qiymati 22 million evroga baholanmoqda.

Shuni ham ta'kidlash joizki, Simon 2026 yilning eng yaxshi darvozaboni deb tan olingan.