Fransiyaning «PSJ» klubi va Ekvador milliy terma jamoasining himoyachisi Vilyan Pacho Ispaniyaning «La Liga» top-klubida faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.
25 yoshli ekvadorlik futbolchida kataloniyalik «Barselona» qiziqish bildirmoqda. «Ko'k-qizillar» o'yinchini qishki transfer oynasida qo'lga kiritishga harakat qilmoqchi. Pacho'ni olish uchun Londonning «Arsenal» va «Manchester Siti» ham da da'vogarlik qilmoqda.
Himoyachi Parij jamoasida 2024 yilning avgustidan buyon o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2031 yilning iyun oyida tugaydi. Pacho'ning bozor qiymati 80 million evroga baholanmoqda.
