Avvalgi «Barselona» yarim himoyachisi Xavi Ernandes Roniynyoning klubdagi yorqin davrini esladi.

O'sha paytda braziliyalik futbolchi o'z karerasining eng yaxshi yillarini Kataloniyada o'tkazdi. 2005 yilda u «Oltin to'p»ni qo'lga kiritdi, lekin tez orada pasayish boshladi.

«Roniynyo bizga juda yordam berdi. Esimda, men o'ylardim: «Endi g'alaba qozonish biz uchun ancha oson, chunki bizda dunyoning eng yaxshi o'yinchisi bor». U bizning fikrlashimizni o'zgartirdi. Jamoada hamma hayajonda edi. Butun futbol olami uning maydondagi ijodlari haqida gapirardi va u bilan biz yangi darajaga ko'tarildik», – deydi Xavi Barca Universalga.

2008 yilda Roniynyo Xosep Gvardiolaga kerak bo'lmay qolib, «Milan»ga sotildi.