Ispaniyaning La Liga prezidenti Xaviyer Tebas Kilian Mbappening so‘zlaridan keyin uzr so‘radi. «Real» hujumchisi Mao Tszedun haqida «Xitoy diktatori» deb hazil qilgan edi.
«Men shaxsan Xitoydagi muxlislarimizdan bu so‘zlar ularni ranjitgani uchun uzr so‘rayman. Men Xitoyni, uning institutlarini va xalqini chuqur hurmat qilaman va ularning futbolimizga bo‘lgan ishonchini yuqori baholayman. La Liga prezidenti sifatida, men klublarimiz va futbolchilarimiz bilan turli madaniyatlarga hurmat va o‘zaro tushunishni mustahkamlash uchun ishlashni o‘z zimmamga olaman», - dedi Tebas.
La Liga saytida Kilian Mbappening so‘zlari liganing pozitsiyasini aks ettirmasligi ta’kidlangan. La Liga nomidan ham uzr so‘ralgan.
Avvalroq, Kilian Mbappening so‘zlaridan so‘ng Xitoyda Ispaniya chempionati o‘yinlari ko‘rsatilmasligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
