Lamin Yamal eng yaxshi yosh futbolchi mukofotini «Oltin to'p» taqdirlash kechasida oldi. Ushbu mukofotni Yamal uch yildan beri qo'lga kiritmoqda. Mukofotni Andrey Shevchenko qo'lidan olgach, «Barselona» qanot o'yinchisi izoh berdi.
- Afsuski, bu yerda Kubarsi yo'q. Bu mukofot unga tegishli edi. Men uning g'alaba qozonganini juda xohlagandim. Klubim va terma jamoamga rahmat. Jamoaviy trofeylar va individual mukofotlar uchun ishlashda davom etishimiz kerak.
- Bugun olishni xohlagan mukofotingiz shu edi?
- Men xohlagan mukofot Kubarsiga tegishli bo'lishini xohlar edim.
Lamin Yamal shuningdek, «Oltin to'p» uchun ham da'vogardir.
