«Barselona» himoyachisi Jul Kunde Ispaniya chempionatining 11-turida «Alaves»ga qarshi o'yinda ishtirok etish imkoniyatiga ega. Ushbu uchrashuv kelasi shanba kuni bo'lib o'tadi.
Sportning xabariga ko'ra, fransuz futbolchisi chap oyoq bilagidagi bog'lamlar cho'zilishi jarohatidan muvaffaqiyatli tiklanmoqda. Avvalroq, ushbu jarohat sabab Kunde Madridning «Real»iga qarshi o'yinni (1:2) o'tkazib yuborgan edi.
Kunde ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga murojaat qilib, birlashishga chaqirdi.
«Bu qiyin hafta bo'ldi. Hozir, hech qachon bo'lmagandek, «Barselona» muxlislari bilan birga bo'lishimiz kerak. Biz bu davrdan yanada kuchliroq chiqishimizga shubha yo'q».
Katta jarohatlar tufayli «Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flikda tarkibni tanlash imkoniyatlari tobora kamaymoqda. Germaniyalik mutaxassis zaxira jamoasi o'yinchilarini jalb qilishni inkor etmaydi.
