Gretsiyada «Panatinaikos»da o'ynayotgan sobiq «Barselona» darvozaboni Inyaki Penya Lamin Yamalning asosiy jamoaga qo'shilishidan oldin qanday ta'sir ko'rsatganini eslaydi.

«Yamal bizni hayratda qoldirdi, chunki u boshqalardan farq qilar edi. U «Barselona»ga kelganida, jamoada muhit men duch kelganidan ancha boshqacha edi. U buni darhol anglab, vaziyatdan foydalanishni bilardi. Dastlabki paytlarda u ajoyib jasorat ko'rsatdi — hatto Jordi Alba yoki Serhi Roberto kabi tajribali futbolchilarning oyoqlari orasidan to'pni o‘tkazishga harakat qilar edi. Go'yo u — veteran, boshqalar esa — yangi kelganlar edi», - deydi darvozabon derbyderbyderby.it.

Eslatib o'tamiz, Yamal o'zining birinchi o'yinini «Barselona»da 2023 yil aprel oyida o'tkazdi.