«Barselona»ning 23 kishidan iborat delegatsiyasi dushanba kuni Londonga jo'naydi, bu yerda 70-yilgi «Oltin to'p» marosimi bo'lib o'tadi. Ispaniya klubining vakillari orasida Lamin Yamal, Pau Kubarsi, Rodri, Joan Garsiya va klub prezidenti Joan Laporta ham bor, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Bu yilgi marosim ilk bor Parijda emas, balki Londonda o'tkaziladi. Britaniya poytaxtining tanlovi tashkilotchilarning 1956 yilda «Oltin to'p»ni olgan birinchi egasi Stenli Mettjusni xotirlash istagi bilan bog'liq.

Marosimni o’tkazuvchi sifatida «Barselona» va «Arsenal»ning sobiq o'yinchisi T'yerri Anri va britaniyalik jurnalist Keyt Skott ishtirok etadi.