Futbol olami «el klasiko»ni kutmoqda – «Real» – «Barselona»ni yakshanba kuni qabul qiladi. Kataloniyaning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «oq-qora»larning standart holatlari haqida savolga javob berdi.

- Siz standart holatlardan gol o‘tkazmaslik ustida ishladingizmi?

- Bu «Real»ning kuchli tomoni. Ular bu jihatdan eng yaxshi jamoalardan biri. Biz buni bugun muhokama qildik va tayyorlandik. Biz Parijdagidan yaxshiroq himoya qilishimiz kerak, - dedi Flik matbuot anjumanida.

Hafta davomida «Barselona» mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatini oldi. Flik jamoasi «PSJ»ga Chempionlar ligasida 2:4 hisobida yutqazdi.