«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Realga qarshi o'yin oldidan savollarga javob berdi.

- Siz qanday «Real»ni kutyapsiz?

- Men o'ziga ishongan jamoani kutyapman, chunki bu buyuk klub va ajoyib futbolchilar, a'lo murabbiy bilan. Men raqibimizni shunday ko'raman. Ularning hujum chizig'i juda kuchli, so'nggi o'yinlarda yuqori darajadagi o'yin ko'rsatdilar, - dedi Flik matbuot anjumanida. 

«Barselona» to'qqiz turda La Ligada maksimal 27 ball to'pladi. «Real» esa 21 ball to'pladi.

«El Klasiko» 25-oktabr kuni «Kamp Nou»da Moskva vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.