«Barselona»ning kapitani Rafinya Dias klubga kirish uchun qanday qattiq harakat qilganini esladi.

Braziliyalik futbolchi 2022-yil yozida inglizning Lids klubidan «sine-granatoviy»larga qo'shildi. O'shandan beri hujumchi jahon superyulduziga aylandi va Kataloniya jamoasida muhim figura bo'lib qoldi.

«Mening qahramonlarim «Barselona»da o'ynagan. Men bu yerga kirishni orzu qilardim va buni amalga oshirish uchun barcha kuchimni sarfladim», – deydi 29 yoshli futbolchi Barca Universal'ga bergan intervyusida.

Rafinya «Barselona»da barcha musobaqalarda 187 o'yinda 89 gol urdi va 62 golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining amaldagi shartnomasi 2028-yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.