Bivshiy yarimhimoyachi Madridning «Real» jamoasidan Rafael van der Vart Kilian Mbappeni «Oltin to'p» uchun asosiy da'vogar deb atadi.
- Mbappe «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishi kerak. Menimcha, hozirda u katta farq bilan eng yaxshi futbolchi, har bir o'yinda yuqori darajada o'ynayapti. Shuningdek, u jahon chempionatida ajoyib natijalar ko'rsatdi, shuning uchun bu mukofotni olishga loyiq deb hisoblayman, - deydi van der Vart AS nashriga.
Oltin to'pni topshirish marosimi 26-oktabrda Londonda bo'lib o'tadi. Avvalroq Mbappe ushbu marosimda ishtirok etishi ma'lum qilingan. Oldinroq «Real» bir necha yil davomida mukofotni boykot qilgan edi.
