«Barselona» tarbiyalanuvchisi Lionel Messi o'zining asosiy jamoadagi birinchi kunlarini esladi.
«Men 16 yoshimda yulduzlar bilan to'la kiyinish xonasiga kirish imkoniyatiga ega bo'ldim. Ronaldinyo, Xavi, Puyol kabi insonlar bilan muloqot qila boshladim... Meni qiyinlashtirgan narsa, men uyatchan odamman. Lekin menga shunchaki hammasini unutish va lahzadan zavqlanishni aytishdi», — deydi Messi DiarioASga bergan intervyusida.
«Barselona» safida Messi 778 o'yin o'tkazdi, ularda 672 gol urdi va 303 golli uzatma berdi.
U klub bilan birga ko'plab unvonlar qo'lga kiritdi, jumladan, o'n marta Ispaniya chempioni va to'rt marta Chempionlar ligasi.
2023 yildan boshlab argentinalik hujumchi amerikalik Inter Mayamida o'ynaydi.
