O'tgan kuni «el klasiko» oldidan sobiq «Barselona» o'yinchisi Gerard Pike derbyning ba'zi jihatlari haqida fikr bildirdi. Eng ko'p muhokama qilinayotgan masalalardan biri Kilian Mbappe va Entoni Gordon haqida. Pike shaxsiy mahorat va o'z jamoasi uchun o'yinchi tanlash o'rtasida farqni ko'rsatdi:

«Agar shaxsiy sifatlar haqida gapiradigan bo'lsak, men Mbappeni tanlayman; agar o'z jamoamda kimni ko'rishni xohlasam, unda Gordonni tanlayman», - deya Pike so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o'tamiz, jamoalar o'zaro yakshanba kuni o'ynaydi. Hozirda «Barselona» joriy chempionatda barcha o'yinlarini yutgan, lekin Chempionlar Ligasi doirasida «PSJ»ga mag'lub bo'lgan.