Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klop «Barselona» va «Real» o'rtasidagi kelgusi «el klasiko» haqida savolga javob berdi.

«Albatta, men «Barselona» va «Real» o'rtasidagi «el klasiko»ni tomosha qilaman. Men bu o'yinlarni hayotimning har bir bosqichida tomosha qilganman. 

Ilgari men «Barselona»ga ko'proq simpatiya bildirardim. Pepe va boshqa «Real» himoyachilarining o'sha paytlarda raqiblarni qanday qilib to'liq yo'q qilayotganidan norozi edim. Faqat shu sababdan men ilgari «Barselona»ni qo'llab-quvvatlaganman. Hozir esa o'yinlarni neytral kuzatuvchi sifatida tomosha qilaman. Bugun men yaxshiroq o'ynayotgan jamoaga qo'llab-quvvatlayman. Hozirgi vaziyatga qaraganda, bu «Barselona», - dedi Klop DAZN intervyusida.

«Barselona» 25-oktabr, yakshanba kuni «Real»ni qabul qiladi. O'yin Moskva vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.