Madridning «Real» klubining sobiq murabbiyi Xorxe Valdano Ispaniya chempionatidagi hakamlikdan, aniqrog'i, uning doimiy muhokamasidan charchaganini aytdi.

«Menga bularning barchasi zerikarli; men bundan juda charchadim. Biz ajoyib gol va a'lo darajadagi o'yinchilarni ko'ramiz... lekin natijada biz yana hakamlar haqida gapiramiz — yana hakamlar haqida. Futbol esa ikkinchi planga o'tmoqda», - deya xabar beradi sobiq murabbiyning so'zlarini derbyderbyderby.it sayti ElDesmarque manbasi orqali.

Eslatib o'tamiz, Xorxe Valdano 1994-1996 yillarda Madridning «Real» klubini boshqargan. Hozirda klubni portugalik mutaxassis Jozef Mourinyo boshqarmoqda.