«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoaning oldida turgan vazifalar haqida fikr bildirdi.

«Barselona» kuchli, chunki biz ko'p ishlaymiz – mas'uliyatli va intizomli. Shuning uchun so'nggi to'rt yilda biz uchta La Liga unvonini yutdik. Bizning maqsadimiz – Ispaniya futbolida o'z ustunligimizni davom ettirish.

Shuningdek, biz Yevropa futbolida ham ustun bo'lishni xohlaymiz. Bu yilda biz oldimizga Chempionlar ligasini yutish vazifasini qo'ydik – bu trofey so'nggi yillarda bizdan qochib ketdi», - deb aytgan Laporta The Touchline nashriga.

So'nggi ikki mavsumda «Barselona» Chempionlar ligasida yarim final va chorak finalga chiqib, musobaqadan chiqdi.