«Barselona» prezidenti Joan Laporta «Real» haqida fikr bildirdi, ular avvalroq La Liganing prezidenti Xavyer Tebasning iste'foga chiqishini talab qildi.
«Hozirda biz «Betis»ga qarshi o'yinga e'tibor qaratyapmiz – ularning ajoyib jamoasi bor. «El Klasiko» haqida keyinroq gaplashamiz. Biroq, Xavyer Tebas La Liga prezidenti bo'lishi biz uchun katta omad: u bunday masalalarni hal qilish uchun zarur tajribaga ega. U to'g'ri fikrda bo'lib, «Real»ning La Liga ustiga bosim o'tkazishiga qarshi turishga imkon beradi.
Ular hamma narsani yo'q qilishni xohlaydi – La Liganing o'zini, sudyalar texnik qo'mitasini yo'q qilmoqchi. Ularni federatsiya ham qoniqtirmaydi… ularga umuman hech narsa ma'qul emas.
Xo'sh, La Liga prezidenti vaziyatni anglaydi va bunday «janglarda» to'plangan tajribaga ega. U bunday hujumlarga – La Liga tarkibiga kiruvchi klubdan mutlaqo o'rinli bo'lmagan hujumlarga qarshi turishi mumkin», - deydi Laportani Mundo Deportivo.
«Barselona» va «Real» 25-oktabr, yakshanba kuni La Liga doirasida to'g'ridan-to'g'ri uchrashuv o'tkazadi.
