Mashhur ispan jurnalisti Xulio Maldonado «Barselona» hujumchisi Lamin Yamal o'yini haqida fikr bildirdi.
«Haqiqatdan ham, hozirda men dunyoda Lamin Yamaldan yaxshiroq o'yinchini ko'rmayapman. Istanbulda ikkinchi taymda qilgan ishlarining o'zi ajoyib edi. Ikkita golli uzatma, raqib darvozasi oldida doimiy tahdid — himoyachilar mutlaqo kuchsiz edi. U hatto ilgari hech kim ko'rmagan finta ham bajardi. Lamin bunday darajada o'ynaganda, uning va boshqa o'yinchilar o'rtasida katta farq borligini his qilasiz», — deydi Maldonado Barca Universal'ga.
Joriy mavsumda 19 yoshli Yamal barcha musobaqalarda o'n uchrashuvda ishtirok etdi, sakkizta gol urdi va to'qqizta golli uzatma berdi.
