«Betis» qanot o'yinchisi Antoni ijtimoiy tarmoqlarda post e'lon qildi. Futbolchi o'zining o'g'irlanganini ma'lum qildi. Bu voqea chorshanba kuni «Betis» «Portu»ga qarshi o'z uyida o'yin o'tkazayotgan paytda sodir bo'ldi.
«Ajoyib bo'lishi kerak bo'lgan kecha, g'azab va umidsizlikka aylandi. Mening uyim o'g'irlandi! Meni eng ko'p g'azablantirgan narsa, moddiy zarar emas, balki biz eng xavfsiz bo'lishimiz kerak bo'lgan joyda o'zimizni himoyasiz his qilishdir. Lekin, har qanday holatda ham, men bitta narsani yanada kuchliroq tushundim: dunyodagi hech qanday moddiy boylik mening oilamning hayoti va farovonligidan qimmatroq bo'lolmaydi», - deb yozdi Antoni.
«Betis» o'z maydonida «Portu»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Antoni maydonda 90 daqiqa o'tirdi va bir gol uzatish bilan ajralib turdi.
17 oktyabr shanba kuni «Betis» Ispaniya chempionatida «Barselona»ni qabul qiladi.
