Eks-hujumchi Italiya terma jamoasi va madridning «Real» klubi Antonio Kassano qaysi jamoalarning o'yinini tomosha qilishni yoqtirishi haqida gapirdi.
«Men Ispaniya terma jamoasining o'yinlarini tomosha qilishni yoqtiraman. Klub darajasida esa «PSJ» va «Barselona» futboli meni jalb qiladi. Shuningdek, «Manchester Siti»ning Gvardiol davridagi o'yinlari ham yoqdi. Boshqa jamoalar esa faqat maydonda yonma-yon yugurishadi», - deydi sobiq futbolchi AS nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumki, Kassano 2006-2007 yillarda «qirolicha» klubda o'ynagan. U shuningdek, «Roma», «Milan», «Inter» va boshqa jamoalarda ham faoliyat yuritgan.
Italiya terma jamoasi safida Antonio 39 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan.
