Avvalgi «Real» futbolchisi Pepe Madrid klubiga «Manchester Siti»ning sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silvaning o'tishi haqida o'z fikrini bildirdi.
«Bernardu Silvaning ko'plab yaxshi o'yin sifatlari bor. U erkin agent ekanligi haqiqat, lekin uning «Real»ga o'tishi mumkinmi, bilmayman. Ammo «Real» prezidenti jamoa uchun eng yaxshisini biladi», - deydi Pepe Madrid Extra nashriga.
Bernardu Silva 2017 yildan beri «Manchester Siti»da o'ynaydi. U jami 460 ta o'yinda 76 gol urdi va 77 ta golli uzatmalar berdi. Manchester klubida portugaliyalik 20 ta kubokni qo'lga kiritdi.




