«Barselona» himoyachisi Pau Kubarisi «Zolotoy myach» uchun kurashayotgan Lamine Yamal haqida savolga javob berdi.

- Lamine ochiqchasiga «Zolotoy myach»ni olishga loyiqman, deb aytishi sizni hayron qilyaptimi?

- Hamma biladi, Lamine Yamal dunyodagi eng yaxshi futbolchi. U buni o'zi aytsa ham, buni hamma biladi. Albatta, u «Zolotoy myach»ni olishga loyiq. Men ham o'tgan mavsum va jahon chempionatidagi o'yinlarim orqali bu mukofotga da da'vogor bo'lishim mumkin edi, lekin men tinchroq harakat qilaman, u esa ko'proq e'tiborni tortadi, - dedi Kubarisi jurnalistlarga.

«Zolotoy myach» mukofoti 26-oktabr, dushanba kuni Londonda topshiriladi. O'tgan yili Lamine Yamal ovoz berishda ikkinchi o'rinni egalladi.