«Barselona»ning sobiq direktorlar kengashi a'zosi Toni Freysha, katalon klubining Lionel Messi bilan xayrlashuv marosimini tashkil etishini ma'lum qildi. 

— «Barselona»da 1,5 yil ichida Leo Messi uchun «Kamp Nou»da xayrlashuv marosimi bo'lib o'tadi. Bu allaqachon tasdiqlangan», — deya ma'lum qildi funksioner The Touchline'ga.

Messi «Barselona»ning tarbiyalanuvchisi. Arjantinlik futbolchi 2004 yildan 2021 yilgacha asosiy jamoada o'ynagan. Bu vaqt ichida u o'nta chempionlik va to'rt Chempionlar ligasi unvonlarini qo'lga kiritdi.

2021 yilda Messi klubning moliyaviy muammolari sabab «Barselona»ni tark etdi. 2023 yil yozidan boshlab, hujumchi «Inter Mayami» jamoasida o'ynaydi. 39 yoshli futbolchining amerikalik jamoa bilan shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi.